TURKIYa

  • FIFA reytingidagi örni — 29
  • Yevro-2020ga yöl — 7 ğalaba, 2 durang, 1 mağlubiyat, töplar nisbati — 18-3
  • Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar — Jyenk Tösun (5 gol)
  • Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi — yarimfinal (2008)

Turkiya boş murabbiyi

Şenol Guneş — ortiqça mubolağasiz aytiş mumkinki, turk futboli afsonasi. 2002 yilda u Turkiyani tarixidagi eng yaxşi natija sari yetaklab borgan — jahon çempionatida bronza medallar qölga kiritilgan. Turnir davomida turklar ikki mezbon davlatni — 1/8 finalda Yaponiyani (1:0), 3-örin uçun bahsda Janubiy Koreyani mağlub etgan (3:2). 69 yoşni qoralagan Guneş Yevro-2020ga turk futbolçilarining butunlay yangi avlodi bilan kelmoqda.

Asosiy yulduzlar

Turkiya termasining har bir çiziğida Yevropa miqyosidagi kuçli futbolçilar bor, ammo ularning biri boşqalaridan ança ajralib turadi. Xoqon Çalxonöğli — turklar hujumining miyasi. Yevro-2020 saralaşida u faqat bir öyinda qatnaşmadi. Hozirda Çalxonöğli klubida ham, milliy jamoada ham yuqori sport formasida. Yakunlangan mavsumda «Milan» uçun 43 uçraşuvda uşbu yarimhimoyaçi 9 gol urdi va 12 golga uzatma berdi. JÇ-2022 saralaşi doirasida mart oyida ötkazilgan ikki öyinda Çalxonöğli ikki gol urib, uç golga uzatma berdi. Yevro-2020da ham Turkiya yetakçisi porlaşi kutilmoqda.

Tarkib

Turkiya Yevro-2020ning eng yoş jamoasi sanaladi – örtaça yoş 25. Turkiya termasi himoyasi markazini — «Lester» a'zosi Çağlar Suyunçi va «Yuventus» vakili Merix Demiral egallaydi, maydon markazida hujumlarni taşkil etuvçi Xoqon Çalxonöğli, texnikasi yuqori bölgan Dengiz Under, hujum markazida esa Fransiya çempionatining yakunlangan mavsum qahramonlaridan biri Burak Yilmaz. Turkiya termasining optimal tarkibida nomlar köp. Bu jamoani saralaşda hatto amaldagi jahon çempioni Fransiya ham mağlub eta olmadi. 

Optimal tarkib: Ugurjan Çaqir – Çağlar Suyunçi, Merix Demiral, Mert Muldur, Umut Meraş – Okay Yokuşlu, Özon Töfon, Hoqon Çalxonöğli – Burak Yilmaz, Yusuf Yaziji, Kenan Karaman.