Marğilon şahrida tabiiy gaz tarmoği ötkazib beriş maqsadida aholidan yiğilgan pullarni özlaştirib yuborgan firibgarlar qölga tuşdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Marğilon şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro R.X. «Marğilonşahargaz» filiali xodimlari A.V. va Ş.A. bilan oldindan til biriktirib, 2020 yil noyabr oyida şahardagi «Ipak yöli» MFYda yangi gaz tarmoğiga ulatib berişni va'da qilişadi.
 
Ular aholidan jami 5000 AQŞ dollari miqdorida pullarni yiğib olib, gaz tarmoğiga ulamasdan, pullarni qaytarmay kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Yozyovon tumani hokimligi zaxirasiga qaytarilgan 133,5 gektar yer maydonini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali fermer xöjaligiga qaytarib olib beriş evaziga xöjalik rahbaridan 500 AQŞ dollarini olgan fuqaro qölga olingani haqida xabar berilgan edi.