Keça Nukus Olimpia zahiralari kollejida «Taşabbus-2021» körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi bölib ötdi. Bu haqda Qoraqalpoğiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi xabar berdi.

Qatnaşçilar orasida Möynoqdan «Bayniyazova Nafisa» fermer xöjaligi raisi Nafisa Bayniyazova ham iştirok etgan. Ta'kidlanişiça, u ötgan yili Orolqumga ekiş uçun 5 mln 200 ming tup saksovul köçatini yetkazib bergan.

2011 yilda iş boşlagan fermer ayolning bugungi kunda 600 gektar yer maydoni mavjud. Hozirda uning tasarrufida 500dan ortiq mayda şoxli qöy-eçki, 100dan ortiq qora mollari bor. Parrandaçilikda ham ilğor fermerning 200dan ortiq har xil tovuqlari ham uning köp tarmoqli fermer sifatida iş olib borişida qöl-qanot bölmoqda.