22 noyabr kuni Toşkent şahrida Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş masalasiga oid xalqaro anjuman ötkazildi. Tadbirda iştirok etgan boş vazir örinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ayni vaqtda  «yaşil qoplamalar» va örmonzorlar barpo etiş böyiça bajarilayotgan işlar haqida gapirdi.

«Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda «yaşil qoplamalar» barpo etişga doir işlar ketmoqda. 2021 yilda uşbu tadbirlar natijasida 560 ming gektar maydonda «yaşil qoplamalar» taşkil etilib, şundan 375 ming gektarida örmonzor barpo etiladi.

Qoraqalpoğistondagi örmon fondi yerlari va Orol dengizining suvi qurigan hududlarida, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Orolböyi hududlarida 172 ming gektar hamda boşqa hududlardagi örmon fondining toğ, vodiy va töqay yerlarida 13 ming gektar maydonga daraxtlar ekiş işlari taşkil etilmoqda», dedi boş vazir örinbosari.

Ma'lumotlarga köra, Orol dengizi inqirozi oqibatlari Orolböyi mintaqasida yaşayotgan millionlab odamlarning hayot faoliyatiga salbiy ta'sir körsatib kelmoqda. Keyingi 55 yilda dengizning qurigan tubida 5,2 million gektar maydonda Orolqum deb nomlangan yangi çöl paydo bölgan.

Dunyoning boşqa har qanday çöllarida bölgani kabi Orolqumda ham insonlar tökis hayot keçirişi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş, bioxilmaxillik va ekotizimni qöllab-quvvatlaş uçun zarur bölgan infratuzilma va ijtimoiy şart-şaroitlar yetarli emas. Şu bois ham 2021 yil 18 may kuni BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e'lon qiliş töğrisidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilingan.

Mazkur rezolyutsiyaga asosan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar, şuningdek yaşil iqtisodiyot va mahsulotlardan köp marta foydalanadigan iqtisodiyot tamoyillari asosida Orolböyi hududini ekologik va inson inqirozi bilan boğliq hududdan barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlangan hududga aylantiriş böyiça strategik yönalişlar hamda ustuvor loyihalar yönalişlari belgilangan.

Hozirda Orolböyida ICBA xalqaro markazidan keltirilgan 18ta ösimlikni va mahalliy yovvoyi ösimliklar florasi vakillarini madaniylaştirişni sinovdan ötkaziş böyiça tadqiqotlar olib borilmoqda. Orol dengizining qurigan tubidan 10 xildan ortiq tuproq tiplari asosida ilmiy lizimetrik tadqiqot maydonçasi barpo etildi.