Prezident Şavkat Mirziyoyev Orol dengizining qurigan joyiga borib, vaziyatni kördi.
«Qoraqalpoğiston xalqi hayoti, umuman, katta mintaqadagi ekologiya şu muammoga boğliq. Bir paytlar dengiz va unga tutaş daryolar, yaylovlar odamlarga rizq ulaşgan, iş, daromad manbai bölgan. Lekin tabiat qonunlariga aralaşiş, Amudaryo va Sirdaryo suvini tösiş dunyodagi oğir ekologik halokatlardan birini yuzaga keltirdi. Mintaqamizda çöllaniş va şörlaniş darajasi keskin ortdi. Ösimlik va yovvoyi hayvonlar turi kamayib ketdi.
Global isiş muammosi kuçayib, yoğingarçilik kamayayotgan bugungi asrimizda Orol dengizini qutqariş tobora imkonsiz bölib bormoqda. Bunday şaroitda yagona yöl - borini asrab qoliş, fojia ta’sirini kamaytiriş, odamlar hayotini osonlaştiriş.
Davlatimiz rahbari bu böyiça Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Boş Assambleyasi sessiyalarida gapirdi, xalqaro sammitlarda muhim takliflarni ilgari surdi. Şu bilan birga, öz imkoniyatlarimizga tayanib, amaliy işlar ham olib borilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


Xususan, Orol dengizining qurigan tubidan millionlab tonna çang va zaharli tuzlar kötarilib, katta hududga tarqalar edi. Şavkat Mirziyoyev 2018 yili Möynoqqa taşrifi çoğida olimlar bilan maslahatlaşib, u yerda şörga çidamli ösimliklar ekiş vazifasini belgilagan edi.
Davlat rahbariga şu borada qilingan işlar haqida axborot berildi.

Ötgan yillarda dengizning suv qurigan qismida 1 million 524 ming gektar töqayzor barpo etilgan. Buning uçun saksovul, qoraböroq, qandim, çerkez kabi çöl ösimliklaridan qariyb 6 ming tonna uruğ tayyorlanib, qiyin şaroitlarda ekilgan. Bu işlarda 4 mingdan ziyod işçi qatnaşib, 1 ming 600 dona texnika, samolyotlar jalb etilgan.
Bu xayrli, dolzarb harakat davom ettirilmoqda. Joriy yilda 100 ming gektar maydonda «yaşil qoplama» barpo qiliş rejalaştirilgan. Bugungi kunda şundan 26 ming gektarida iş boşlangan, 562 tonna uruğlar tayyorlangan. Şuningdek, 100 gektar maydonda köçatxona taşkil qilinmoqda.


















