O‘zbekiston | 13:26 / 14.06.2021
6518
2 daqiqa o‘qiladi

Haftaning birinchi yarmida havo harorati biroz pasayadi

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi Qozog‘iston hududlaridan kirib kelgan salqin havo massalari ta'siri ostida bo‘ladi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, harorat kechalari 15-18 daraja iliqqacha pasayadi, kunduz kunlari 32-35 daraja issiq atrofida, janubda 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida sharqiy botiqlik respublika hududidan siljiydi, havo harorati asta-sekin kechalari 20-23 daraja issiqqacha, kunduz kunlari 36-39 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-41 daraja issiqqacha ko‘tarila boshlaydi.

Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 14 iyunda kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

14-15 iyunda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba'zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘yicha 14-15 iyunda va 19 iyunda shamol ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid