O‘zbekiston | 18:09 / 14.06.2021
52024
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2 ming va 20 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarildi

Yangi banknotalar o‘lchami avvalgilaridan farq qiladi.

14 iyun, dushanba kunidan boshlab O‘zbekistonda 2 ming va 20 ming so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarildi.

Kun.uz suhbatlashgan aholi vakillariga ko‘ra, yangi kupyuralar kundalik hayotda qaytim qaytarish bilan bog‘liq muammolar yechimini osonlashtiradi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)

Shu tariqa, O‘zbekistonda muomaladagi kupyuralar turi yana 7 tani tashkil etmoqda.

2020 yilda 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqarilgach, aholi 1 000, 5 000, 10 000, 50 000 va 100 000 so‘mlik kupyuralardan foydalanib kelayotgandi.

Bu besh xil kupyuraning o‘lchami 144 x 78 mm. Yangi chiqqan banknotlar ulardan farq qiladi: 2 000 so‘mlik – 142 x 69 mm, 20 000 so‘mlik – 147 x 69 mm.

2 000 va 20 000 so‘mlik yangi kupyuralar tematikasi Buyuk ipak yo‘li, Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan.

2 000 so‘mlik banknotning old tarafiga Buxoro arki va Buyuk ipak yo‘lining ramzi sifatida tuya tasvirlari tushirilgan. Orqa tarafida Poykend arxeologiya yodgorligi tasvirlangan.

20 000 so‘mlik banknotning old tarafida Qoraqalpog‘istondagi Qo‘yqirilgan qal'a, orqa tarafida Jonbos qal'a arxeologik yodgorliklari aks etgan.

 

Mavzuga oid