Yevro-2020. D guruhi
Şotlandiya — Çexiya — 0:2 (0:1)
Gollar: Şik, 42 (0:1). Şik, 52 (0:2).
Şotlandiya: Marşall, Kuper, Xenli, Roberson, Xendri (Freyzer, 67), ÖDonnel (Forrest, 79), Armstrong (Makgregor, 67), Makginn, Kristi (Adams, 46), Maktominay, Dayks (Nisbet, 79).
Çexiya: Vatslik, Çelustka, Kalas, Tsoufal, Borjil, Darida (Şevçik, 87), Yankto (Vidra, 72), Masopust (Xlojyek, 72), Souçek, Kral (Xoleş, 67), Şik (Krmençik, 87).
Hakamlar: Zibert. Zaydel, Foltin (barçasi — Germaniya).
VAR: Frits. Gittelmann, Dingert (barçasi — Germaniya), Ernandes-Ernandes (Ispaniya).
14 iyun. Glazgo. «Hempden Park» stadioni.
Çexiya Yevro-2020 guruh bosqiçi 1-turida Şotlandiyani Patrik Şikning dubli evaziga mağlub etdi — 2:0.
«Bayyer» hujumçisining birinçi goli oddiy çiqdi: birinçi bölim oxirida öng qanotdan uzatilgan töpni Şik boşi bilan darvozaning uzoq burçagiga yönaltirdi.
Ikkinçi gol — bunday darajadagi bahs uçun şunçaki fantastika edi. Şotlandlar hujum uyuştirayotgan vaqtda Jyek Hendrining zarbasi himoyaçilardan qaytdi, 25 yoşli forvard esa uni öziga böysundiriş va oldinroqqa olib borişga vaqt sarflamasdan, şunçaki maydon markazida turgan holda darvozani işğol qilişga qaror qildi. U şotlandlar darvozaboni Devid Marşall oldinroqqa çiqib ketganini payqab, töpni yuqorilatib tepdi. Darvozabon ortga çopdi, ammo jamoani goldan saqlab qolişga ulgurmadi.
🇨🇿 Patrik Schick 𝗚𝗢𝗟𝗔𝗭𝗢!
— UEFA EURO 2020 (@EURO2020) June 14, 2021
🔥 Will there be a better effort than THIS in the first round of games? @GazpromFootball | #EUROGOTR | #EURO2020 pic.twitter.com/skA67Yqeik
Aftidan, Yevro-2020ning eng çiroyli goli mavzusi yopildi. Bundan zörroq gol uriş juda qiyin böladi.
Yevropa çempionatlarida bunday masofadan hali heç kim gol urmagan. Şik töpni darvozaga 45,44 metrdan turib kiritdi — bu Yevro uçun rekord hisoblanadi. Bunga qadar rekord körsatkiç germaniyalik Torsten Fringsga tegişli edi (35,3 metr), şuningdek, 1996 yilgi turnirda Çexiya darvozasiga 31,27 metrdan gol urgan Vladimir Besçastnix kuçli uçlikni töldiradi.


















