Bugun, 16 iyun kuni Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi. Sessiyada sözga çiqqan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Çilonzor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, tumanda olib borilayotgan işlar kölamiga töxtalib ötdi va yangi hokim nomzodini deputatlarga tavsiya etdi.

Sessiyada Şavkat Tohiroviç Mavlonov Çilonzor tumani hokimi etib tasdiqlandi. 

Şavkat Mavlonov

Şavkat Mavlonov 1978 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 1999 yilda Içki işlar vazirligi akademiyasi, 2012 yilda Içki işlar vazirligi akademiyasi oliy akademik kursini tamomlagan.

U içki işlar tizimida uzoq yillar mehnat qilgan va 2019 yildan hozirgi vaqtgaça Sirdaryo viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

Şavkat Mavlonov yangi lavozimda Sarvar Mahametovni almaştirdi. Sarvar Mahametov 2018 yil oktyabridan buyon Çilonzor tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2005-2010 yillarda Toşkent şahrining Bektemir tumani örinbosari, 2010-2016 yillarda Bektemir tumani hokimi, 2016-2018 yillarda esa Yakkasaroy tumani hokimi bölgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yil yanvarida Yunusobod tumanida ötkazilgan yiğiliş vaqtida Sarvar Mahametovni qöyilgan topşiriqlarni bajarmagani uçun ogohlantirgan va unga muhlat bergandi.

«Men Çilonzor tumani hokimiga topşiriq berganman, qoladimi yoki yöqmi. Men uni işdan olmoqçi edim, lekin u menga yalinib, uç oyda eplayman dedi», deya davlat rahbarining sözlarini keltirgandi «Gazeta.uz».

Prezident Toşkent hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Sarvar Mahametovni maqtagani va unga «advokatlik qilgani»ni ta'kidlab ötgandi.

«Çilonzorda nima özgarganini televizorda çiqib aytişi kerak, odamlar aytişi kerak. Tuşunarlimi yoki yöq? Menga birov maqtagani kerak emas, advokat böliş kerak emas heç kimga», deya poytaxt hokimiga işora qilgandi Şavkat Mirziyoyev.