Botsvanada 219,6 gramm keluvçi yirik olmos topildi. Bu butun tarix davomida topilgan uçinçi raqamli eng yirik olmos hisoblanadi. Botsvana hukumatida ta'kidlanişiça, olmos iyun boşida aniqlangan, biroq u endigina ommaga taqdim qilindi.
Qimmatbaho toşning ölçami 1098,3 karatni (219,6 gramm) taşkil qiladi. U mamlakat şimolidagi Jvaneng konida hukumatga tegişli Debswana kompaniyasi va olmos qazib oliş bilan şuğullanuvçi dunyodagi eng katta kompaniya De Beers tomonidan topilgan.
Ta'kidlanişiça, olmosni sotişdan olinadigan daromad mamlakatni rivojlantirişga yönaltiriladi.
Avvalroq ham Bostvanada 1109 karatlik olmos topilgan edi. Lesedi La Rona deb nomlangan uşbu olmos 53 mln dollarga sotilgan.
Biroq eng yirik olmoslar reytingida birinçi örinni hamon 3106 karatlik afsonaviy «Kullinan» egallab kelmoqda. Qimmatbaho toş JARda 1905 yilda topilgan va keyinçalik bölaklarga parçalangan. «Kullinan»ning ba'zi qismlari Britaniya qirollik oilasi tojini bezab turadi.












