Andijon viloyatida faollar iştirokidagi yiğiliş boşlandi va prezident öz sözi boşida an'anaviy tarzda ortiqça takalluflardan voz keçiş hamda real muammolar, ularning yeçimi haqida gaplaşiş zarurligini ta'kidladi.
«Avvalo, barçangizni soğ-salomat, yaxşi kayfiyatda körib turganimdan xursandman. Sizlarga, sizlar orqali köpni körgan, mard va oliyjanob Andijon xalqiga özimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Bitta narsani sizlardan iltimos qilaman – Andijon xalqining oğirini yengil qiladigan masalalarni muhokama qilaylik.
Oldin aytganimdek, kelajakda kengaş raisi hokim bölmaydi. Şu kunlarga kelamizki, tuman, viloyat hokimlarini xalq saylaydi. Çunki qança köp xalq vakillari rahbardan talab qilsa, vaziyat özgaradi.
Kördingiz, şaharlar qurmoqçimiz. Öylab köringlar, buning mas'uliyatini zimmaga oliş qançalik oğir. Sizlardan bir iltimosim, aziz deputatlar, faollar – talab qilişni örganinglar», – deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat rahbari Bobur Mirzo va Abdulla Oripovlarni yodga oldi.
«Bugun, Andijon ahli keng kölamli islohotlarimizda faol iştirok etayotgani va qator sohalarda boşqalarga örnak bölayotganini körib, buyuk şoirimiz Abdulla Oripovning quyidagi satrlari esga tuşadi:
Özbekni bilay desang, Andijonga avval boq,
Nomard bilan gaplaşmas, u – mard bilan çin örtoq.
Mehnat-u ma'rifat ham Andijonga yaraşgay,
Sir emas, köplar unga havas bilan qaraşgay.
Çindan ham, bugun köpçilik sizlarga, özingizning halol mehnatingiz bilan har bir mahalla, har bir qişloq va tuman, umuman, butun viloyatni obod qilayotganingizga havas bilan qaramoqda.
Boşqa hududlarga nisbatan Andijonning imkoniyatlari çeklangan. Yer tanqis, aholi ziç. Men rahbar bölib har bir hududning öziga xos rivojlaniş yöllari haqida öylayman. Andijon muammolarini heç kim çetdan kelib hal qilib bermaydi, hammasi şu viloyatning zahmatkaş xalqi qölida.
Prezident siyosatni belgilaydi, yönalişni beradi. Quyi böğindagi rahbarlar vatanparvarlikni namoyon qilişlari kerak», degan Şavkat Mirziyoyev.












