Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida o‘smir boshqargan «Matiz» ariqqa ag‘darilib ketdi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida o‘smir yigit boshqargan «Matiz» ariqqa tushib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 15 iyun kuni soat 14:30larda O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan Qorasuv-Uyg‘ur mahallasiga olib boruvchi yo‘lning 2-kilometrida 2004 yilda tug‘ilgan o‘smir boshqaruvida bo‘lgan «Matiz» ariqqa tushib ketgan. Oqibatda haydovchining yonida bo‘lgan, 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir mashinani uydan so‘roqsiz minib chiqqan va harakatlanib ketayotganda boshqaruvni yo‘qotgan.
Hozirda Toshkent viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026