Namanganda hokimlik binosi oldiga qöylarni yetaklab kelgan fuqaroga nisbatan sud hukmi öqildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, joriy yil 18 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Yangiqörğon tuman sudining oçiq sud majlisida tuman hokimligi binosi oldiga qöylarni olib kelgan fuqaro Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi, 104-moddasi 1-qismi, 161-moddasi, 183-moddasi va 194-moddasi 1 qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
Ma'lum qilinişiça, unga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi bilan, ya'ni bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari miqdoridagi jarima jazosi, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 104-moddasi 1-qismi va 161-moddasi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari miqdoridagi jarima jazosi, kodeksning 183-moddasi bilan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi, kodeksning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlandi.
Ma'lumot uçun, bir neça kun avval «Mubosher Laziz Azizbek fayz» MÇJga tegişli bölgan qöylar Namangan viloyati Yangiqörğon tuman hokimligi binosiga haydab kelingandi.
Ma'lum bölişiça, tuman hokimligi tomonidan ozuqa yetiştiriş uçun yer ajratilmagani sababli çöponlar şunday qarorga kelişgan.
Avvalroq, Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga 1,5 mingga yaqin qöy suruvi haydab kelinişi ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv kötargandi.












