Sönggi 1,5 yilda tuman hokimliklari tomonidan yer ajratişga oid 7,5 mingta qaror qonunga zid ravişda qabul qilingan hamda 120 ming gektar yer noqonuniy ajratilgan. Biroq aksar hollarda uşbu jinoyatlar uçun qonunga zid ravişda yer ajratiş töğrisida qaror qabul qilgan hokimlar emas, asosan, kiçik amaldorlar jazoga tortiladi. Kun.uz’ga intervyu bergan Boş prokuratura mas'ullari buni izohlaşdi.

– Hokimliklar tomonidan amalga oşirilgan qonunbuzilişlarda köpinça qaror imzolagan hokimlar emas, balki kiçik amaldorlar jazoga tortilib keladi. Nega «mayda baliqlar» qarmoqqa ilinadi-yu, «katta nahanglar» jazosiz qolib ketadi?

Azim Sattorov

Azim Sattorov,
Boş prokuraturaning Iqtisodiy sohada qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi prokurori:

– Bizning boşqarma iqtisodiy sohadagi qonunçilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oşiradi. Şu sababli savolingizga Boş prokuraturaning jinoiy iş oçilgandan keyin tergov harakatlari bilan şuğullanadigan bölimidan javob olişingiz mumkin.

Eldor A'zamov,
Boş prokuraturaning Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirişga oid qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi prokurori:

– Viloyat, tuman va şahar hokimliklarining yer ajratiş böyiça komissiyalari bor, ularga hokim örinbosarlari raislik qiladi. Komissiya tarkibiga kadastr xizmati, qişloq xöjaligi, suv xöjaligi bölimlari va boşqa sohaga oid rahbarlar kiritiladi.

Qaror qabul qilinişida yer qayerdan, nima maqsadda ajratilayotgani inobatga olinadi. Komissiya şu şartlarga amal qilingani töğrisida dalolatnoma beradi. Şu dalolatnoma asosida hokim qaror qabul qiladi. Bu yerda asosiy rolni komissiya dalolatnomasi öynaydi. Ya'ni komissiya ruxsat bergan taqdirdagina hokim qarorga imzo qöygan. Hozirgaça aniqlangan holatlarda şu nuqtayi nazardan javobgarlik çorasi körilgan.

Eldor A'zamov

2020 yil va 2021 yil 5 oyi mobaynida yer qonunçiligi böyiça ötkazilgan nazorat tadbirlarida 588 nafar şaxsga nisbatan javobgarlik qöllangan. Şundan 42 nafari ozodlikdan mahrum etilgan.

Ularning içida 32 nafari mahalliy hokimliklarning mansabdor şaxslari, 10 nafari arxitektura va quriliş xodimlari, 49 nafari yer resurslari xodimlari hamda 51 nafari davlat kadastr xizmatlari xodimlari hisoblanadi.