Ular farzandi uçun tölanişi kerak bölgan aliment pullarini tölamasdan, katta miqdorda qarzdorga aylangan edi.
Majburiy ijro byurosining Andijon şahar bölimi tomonidan aliment pullarini tölaş töğrisida bir neça marotoba ogohlantiriş berilganiga qaramasdan, aliment pullarini tölaşdan boş tortib kelgan, qarzdor N.U. ikki nafar farzandi uçun 2021 yil 1 iyun kuniga qadar jami 28 682 065 söm aliment pullarini tölaşdan böyin tovlagan. Şuningdek, qarzdor M.G. ikki nafar farzandining moddiy ta'minoti uçun 10 574 554 söm aliment pullarini tölamasdan kelgan.
Bundan taşqari, qarzdor S.K. va X.X.lar ham voyaga yetmagan farzandlariga moddiy ta'minot tölaşligini bilsalar-da, aliment pullarini tölaşdan boş tortib kelganlar.
Şu sababli, qarzdorlarga nisbatan töplangan hujjatlar Özbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlik masalasini hal qiliş uçun jinoyat işlari böyiça Andijon şahar sudiga yuborilib, sud jarayonida qarzdorlarning 4 tasiga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Avvalroq, Izboskanda alimentni vaqtida tölamagan otalar jazolangan edi.










