Vazirlar Mahkamasi “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni qabul qildi.

"Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida"gi qonunga, şuningdek, prezidentning "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoniga muvofiq namunaviy nizomlar tasdiqlandi:

  • “Fuqarolar yiğini töğrisida”;
  • “Fuqarolar yiğini komissiyalari töğrisida”;
  • “Fuqarolar yiğini huzuridagi jamoatçilik tuzilmalari töğrisida”;
  • “Fuqarolar yiğini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi va kökrak nişoni töğrisida”;
  • “Fuqarolar yiğinlarida iş yuritişni taşkil qiliş va olib boriş tartibi töğrisida”.

Fuqarolar yiğini töğrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • fuqarolar yiğini vakolatlari va uning organlari;
  • fuqarolar yiğini majlisini (fuqarolar vakillarining yiğilişini) çaqiriş tartibi;
  • fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli), uning örinbosarlarini saylaş tartibi;
  • fuqarolar yiğini faoliyati asosiy yönalişlari böyiça komissiyalar faoliyatini taşkil etiş, qayta taşkil etiş va tugatiş;
  • fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli), uning örinbosarlari va maslahatçilarining vakolatlari;
  • fuqarolar yiğini mas'ul kotibi vakolatlari;
  • fuqarolar yiğini faoliyatining iqtisodiy asosi;
  • fuqarolar yiğinini qayta taşkil etiş va uning faoliyatini tugatiş tartibi.

Bir oy muddatda fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida tegişli nizomlarni tasdiqlaş topşirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 19.06.2021 yildan kuçga kirdi.