Joriy yil 18 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining töqqizinçi yalpi majlisi işida qatnaşdi.

Senat axborot xizmatiga köra, tadbir davomida Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) doirasida iştirokçi mamlakatlar örtasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, TurkPA faoliyatini kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Barça davlatlar delegatsiyalari rahbarlari Özbekiston delegatsiyasining yalpi majlisdagi iştirokini qutladi va bu turkiy mamlakatlar uçun navbatdagi tarixiy voqea sifatida baholandi.

Majlis davomida Özbekistonning TurkPAga kelgusida qöşilişi mazkur taşkilotni yanada mustahkamlaşi, unga yanada köp kuç-qudrat berişi, şuningdek uşbu taşkilotga a'zo davlatlar xalqlarini yanada yaqinlaştiriş uçun taşkilot imkoniyatlarini kengaytirişi ta'kidlandi.

Yalpi majlis yakunlari böyiça qator qarorlar qabul qilindi, jumladan, TurkPA xotin-qizlardan iborat parlament a'zolari guruhini taşkil etiş va uning faoliyati, taşkilot Kotibiyati töğrisidagi nizomlar, turizm va turkiy xalqlar dunyosining nomoddiy madaniy merosini muhofaza qiliş töğrisidagi model qonunlar tasdiqlandi.

Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining navbatdagi majlisi 2020 yilda Qozoğistonda bölib ötadi.