Yodingizda bölsa, şu yil, 14 aprel kuni saytimizda Andijon tumani Zavraq mahallasi Yangi zamin köçasida yaşovçi 200 dan ortiq xonadon elektr ta'minotidagi muammolar bilan yaşayotgani haqida “Hokimiyatning bajarilmas va'dalari: Zavraqliklar javob xatini emas, amaliy harakatlarni kutib yaşamoqda” nomi ostida  tanqidiy maqola e'lon qilgan edik.

Maqola e'lon qilingaç, “Hududiy elektr tarmoqlari” mutasaddilari hududga zudlik bilan yangi transformator va beton tayançlar olib kelib örnatişni boşlaganida aholi vakillari xursand böldi. Mutasaddilar 15 kun, uzoği bir oy davomida barça muammolar bartaraf qilinişini aytib, va'da berdilar. Internetda  “Zavraqdagi muammo ijobiy hal etildi” sarlavhasi ostida maqolalar berildi.

Biroq, oradan uç oy ötib, zavraqliklar yana bizga murojaat bilan çiqdilar... Biz yana öşa mahallaga bordik.

Elektrçilar ijtimoiy tarmoqlarga maqola va suratlar çiqqaç, işni töxtatib, ketib qolişgan.   

“Mahallamizdagi holat Kun.uz saytida çiqqanidan söng “elektroset” mutasaddilari kelişib, muammoni hal etişlarini aytişdi. Transformator, beton tayançlar keldi. Işçilar örnatişni boşlaşdi. Jarayonni suratlarga olişdi. Muammolar hal bölgani ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Şundan söng iş töxtadi. Işçilar kelmay qöydi.

 Elektrni rahbarlari “ön beş kun, uzoği ikki oyda iş oxiriga yetadi”, deyişgandi. Mana, uçinçi oy ketyapti, umuman harakat qilişgani yöq.

 Tuman hududiy elektr tarmoqlari boşliği yoniga bordik. “Şu hafta tugatamiz”, deya va'da berganiga ham mana ikki oy böldi. Bu turişda qişgaça ham hal bölmaydi, şekilli. Hammasi “xöjakörsin”ga ekan-da. “Elektroset” korxonasi rahbari va'da berilsa, bajariş kerakligini nahotki bilmasa?”, – deydi Minura Asqarova.

Mahalla oqsoqoli Abdurasul Uzoqov hududiy elektr tarmoqlari rahbarlari işni oxiriga yetkaziş töğrisida umuman öylamayotgani haqida gapirdi.

Balki, bu safar viloyat va tuman “Hududiy elektr tarmoqlari” işni xöjakörsinga emas, aholi muammosini yuz foiz hal etişga harakat qilar.  

Elmurod Ermatov, Jahongir Mahmudov