Ayniqsa, Ğarb davlatlari agar aeroportning xavfsizligi ta'minlanmasa, ularning Kobuldagi diplomatik vakolatxonalarining kelajagi ham xavf ostida qolişini aytmoqda. Avstraliya Afğonistondagi elçixonasini yopişni e'lon qilgan ilk davlatlardan biri böldi.

Turkiya esa uşbu aeroport xavfsizligini ta'minlaş uçun Afğonistonda qolişni rejalaştirmoqda. Uşbu voqealar fonida AQŞ delegatsiyasi Turkiyaga taşrif buyurdi, Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani muzokara uçun Vaşingtonga bordi.

Toliblar Turkiyaning Afğonistonda qolişiga qarşi.

Xöş, «Tolibon»ning Afğonistondagi faoliyati haqida nima deyiş mumkin?

Harbiy vaziyat qanday?

AQŞ qöşinlari mamlakatdan çiqib ketayotgan bir paytda «Tolibon» Afğonistonning 421 tumanidan 80tasini nazorat qilayotganini da'vo qilmoqda. BMTning Afğoniston böyiça maxsus elçisi Debora Layonsning BMT Xavfsizlik Kengaşiga taqdim etgan ma'lumotlariga köra esa, Kobuldagi hukumat tumanlarning 50dan ortiğini qöldan çiqargan, «Tolibon» sönggi paytlarda hujumlarga zör berdi.

Bu hafta «Tolibon» Tojikiston çegarasidagi joylaşgan Şerxon-Bandar şahrini egallab oldi.

«Tolibon» Afğoniston armiyasi çekinganini aytmoqda. Bu – hukumatning zaif istehkomlarni qoldirib, köproq strategik nuqtalarni himoya qiliş töğrisidagi qarori bilan boğliq.

AFP axborot agentligining xabar berişiça, ikki kuç töqnaşganda afğon armiyasi katta yöqotişlarga duç kelmoqda.

Garçi Aşraf Ğani sönggi kunlarda ştab boşliği va mudofaa vazirini almaştirgan bölsa-da, katta özgariş bölmadi.

«Toliblar katta şaharlar atrofida öz kuçlarini köpaytirmoqda, ammo bu ularning şaharlarni tez orada olişga harakat qilişini anglatmaydi. Kobulning qulaşi yaqin emas. «Tolibon» harbiy jihatdan yengib bölmaydigan kuç emas», dedi Xalqaro inqiroz guruhi vakili Endryu Uotkins.

BMTning maxsus vakili Layonsning ta'kidlaşiça, toliblar har bir mintaqaning markaziy şaharlari atrofini egallab olişga harakat qilmoqda. Ular uşbu şaharlarni çet el kuçlari çiqib ketganidan keyin egallab olişga urinişlari mumkin.