Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimligi binosi oldida özini yoqmoqçi bölgan ayol haqida ma'lumot tarqalgan. Hodisa viloyat prokuraturasi tomonidan örganilgan.
Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda ayol kişi Samarqand viloyati hokimligi binosi oldida özini yoqmoqçi bölgani haqida xabarlar tarqalgan. Şundan söng, holat yuzasidan viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan joyiga çiqqan holda örganiş işlari olib borilgan.
Qayd etilişiça, fuqaro M.Ibragimovaning murojaati Samarqand tuman prokuraturasi binosida viloyat prokurorining örinbosari Sirojiddin Fayziyev boşçiligida tuman sektor rahbarlari va boşqa mutasaddi taşkilot vakillari iştirokida muhokama qilingan.
Muhokamada aniqlanişiça, M.Ibragimovaning noqonuniy qurilgan, bugungi kunda qurilişi bitmagan uyi buzilişga tuşgan. Ayol viloyat hokimligi binosi oldida özini yoqib yuborişini aytib, şu holat böyiça öz noroziligini bildirgan.
Muhokamada barça tomonlarning fikr-mulohazalari eşitilgan va M.Ibrohimovaning qonunga zid ravişda qurilgan uyini buziş hamda unga subsidiya asosida uy-joy beriş töğrisida xulosa qilingan.












