Yevro-2020. 1/8 final
Niderlandiya — Çexiya — 0:2 (0:0)
Gollar: Holeş, 68 (0:1). Şik, 80 (0:2).
Niderlandiya: Stekelenburg, Blind (Timber, 81), van Anholt (Berghays, 81), de Fray, de Ligt, Dyumfris, Veynaldum, de Ron (Veghorst, 73), de Yong, Depay, Malen (Promes, 57).
Çexiya: Vatslik, Çelustka, Kaderjabek, Kalas, Holeş (Kral, 85), Tsoufal, Masopust (Yankto, 79), Souçek, Şevçik (Xlojyek, 85), Barak (Sadilek, 90+2), Şik (Krmençik, 90+2).
Ogohlantirişlar: Dyumfris, 46. Tsoufal, 56. de Yong, 84.
Çetlatiş: de Ligt, 55.
Hakamlar: Karasev. Demeşko, Gavrilin (barçasi — Rossiya).
VAR: Attuell. Bets, Kavana (barçasi — Angliya), Gil (Polşa).
27 iyun. Budapeşt. «Puşkaş Arena» stadioni. 52 834 tomoşabin.
FIFA reytingida birinçi örinda turgan Belgiyadan taşqari bu turnirga katta iştaha bilan kelgan ikki jamoa guruhda yuz foizlik natija qayd etdi. 2018 yilgi mundialni ötkazib yuborgan Italiya va 2014 yilgi mundialdan keyin katta turnirlarga çiqa olmagan Niderlandiya guruh bosqiçida sahrodan vodiyga tuşib qolgan hamda öz çanqoği va oçligini qoldira olmayotgan sayyohlarni eslatardi. Budapeşt köçalarini töq sariq rangga böyagan muxlislar haqida ham şu gapni aytiş mumkin. Hissiyotlar va muhitga qarab bu Yevro-2020ning asosiy şahri degan xayolga boriş mumkin edi.
Niderlandlar uçun birinçi bosqiçda köp kuç sarflab yubormaslik muhim edi. Italiya avstriyaliklarga qarşi qiyin öyin ötkazib buni tasdiqladi. Şunday ekan, «Apelsinranglilar»ga Çexiyaga qarşi öyin oson keçişini heç kim kafolatlamasdi. Frank de Burda ikki masala bor edi — sxema va ikkinçi hujumçi. Birinçi masala böyiça javob oson edi, niderlandlar guruh bosqiçidagi olti bölimdan faqta byuittasida klassik 4-3-3 sxemasini tajriba tariqasida qöllab körgandi. Hujumda esa «Barselona» bilan şartnoma tuzganidan keyin yanada yorqinroq öynay boşlagan Depayning şerigi Malen bölişi ham oydinlaşgandi. PSV forvardi dastlab Avstriyaga qarşi öyinda zaxiradan tuşib özini körsatdi, keyin makedonlarga qarşi öyinda boşlanğiç tarkibda öynaş imkoniga ega bölgandi.
Malen yakşanba kungi öyinni ham zör boşladi va ilk urinişda burçak zarbasi işladi. Birinçi bölim uçun çexlarni maqtasa arziydi, ular özlari xavfli hujumlar uyuştira olmagan bölişsa-da, raqibning barça yurişlariga tayyorliklarini namoyiş etişdi. Depay tanaffus arafasida uzoqdan bergan zarbasidan boşqa karomat körsata olmadi, guruh bosqiçi qahramoni bölgan Dyumfrisga esa şunçaki çopişga ham qöyişmadi. Himoyaçi baribir bir neça bor raqib hududida keskinlik yuzaga keltirdi, ammo u raqib jarima maydonida beş marta töp bilan muomala qilgani va uç marta standart vaziyat işlaganini guruh bosqiçidagi öyinlari bilan taqqoslab bölmaydi.















