Yevro-2020. 1/8 final
Italiya — Avstriya — 2:1 q.v. (0:0, 0:0, 2:1)
Gollar: Keza, 95 (1:0). Pessina, 105 (2:0). Kalayjiç, 114 (2:1).
Italiya: Donnarumma, Bonuççi, Açerbi, Spinatssola, Di Lorenso, Verratti (Lokatelli, 68), Jorjino, Barella (Pessina, 68), Immobile (Keza, 84), Insine (Kristante, 108), Berardi (Belotti, 84).
Avstriya: Bahmann, Dragoviç, Alaba, Hinteregger, Layner (Trimmel, 114), Zabitser, Laymer (Ilzanker, 114), Grilliç (Şaub, 106), K.Şlager (Gregoriç, 106), Baumgartner (Şepf, 90), Arnautoviç (Kalayjiç, 97).
Ogohlantirişlar: Arnautoviç, 2. Di Lorenso, 50. Barella, 51. Hinteregger, 103. Dragoviç, 120.
Hakamlar: Teylor. Besuik, Nann (barçasi — Angliya).
VAR: Attuell. Bets, Kavana (barçasi — Angliya), van Bukel (Niderlandiya).
26 iyun. London. «Uembli» stadioni.

Italiya guruh bosqiçining eng yorqin jamoasi bölgan, uç öyinda uç ğalabaga erişib, jami 8 gol urgan va öz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi. Ammo aniqlik kiritiş kerakki, italiyaliklarning guruhi ançagina kuçsiz va ular uçun qulay raqiblardan taşkil topgandi. Turkiya, Şveytsariya va Uelsning birortasi italyanlarni kuçli pressing bilan qarşi olmadi, şunday ekan, yarimhimoya çiziğidagi texnar futbolçilar ortiqça bosimsiz öyin taşkil etiş imkoniga ega bölişdi. Avstriya ham tarkibdagi nomlarga qaralsa top-jamoa emas, ammo tarkibning deyarli barça futbolçilari yuqori pressing bilan öynaladigan Bundesliga vakillaridir. Şunday ekan, bu öyin arafasida Italiya uçun xavotir bor edi - raqib kamida öyin uslubi bilan noqulaylik tuğdirardi.

Roberto Mançini kutilgan tarkibni tuşirdi. U guruhdagi ikkinçi öyinda ilk daqiqalardan harakat qilgan tarkibni deyarli takrorladi, faqat Lokatelli örnini Verratti egalladi. Jarohat tufayli dastlabki öyinlarda qatnaşa olmagan «PSJ» yarimhimoyaçisi Uelsga qarşi uçinçi tur öyinidan keyin olqişlarga sazovor bölgandi.  Franko Foda ham syurpriz qilmadi: u Ukrainaga qarşi yaqqol ustunlikda ötgan öyindagi tarkibda birorta özgariş amalga oşirmadi. Tört himoyaçi, Alaba qanotda, tayanç zonasida ikki futbolçi, Arnautoviç ortida uç hujumkor futbolçi.

Ilk daqiqalardanoq Avstriya Italiyani yuqori pressing bilan qiynaşni boşladi, dastlabki 15 daqiqada Mançini jamoasida töp turmay qoldi: töpga egalik qiliş böyiça körsatkiç 33 foiz va paslar aniqligi 80 foiz atrofida, jamoaning asosiy pleymeykeri Barellaning uzatmalarining yarmidan köpi noaniq çiqdi. Avstriyaliklar agressivlik bilan bosim uyuştirişdi, qöpolliklar ham böldi, 15 daqiqalikda himoyada 14 harakat amalga oşirildi.