Yevro-2008. 1/8 final
Xorvatiya — Ispaniya — 3:5 q.v. (1:1, 2:2, 0:2)
Gollar: Pedri, 20 — avtogol (1:0). Sarabiya, 38 (1:1). Aspilikueta, 57 (1:2). Torres, 77 (1:3). Orşiç, 85 (2:3). Paşaliç, 90+2 (3:3). Morata, 100 (3:4). Oyyarsabal, 103 (3:5).
Xorvatiya: Livakoviç, Yuranoviç (Brekalo, 74), Çaleta-Tsar, Vida, Gvardiol, Vlaşiç (Paşaliç, 79), Brozoviç, Kovaçiç (Budimir, 79), Modriç (Ivanuşets, 114), Rebiç (Orşiç, 67), Petkoviç (Kramariç, 46).
Ispaniya: Simon, Aspilikueta, Lyaport, Garsiya (Pau Torres, 71), Xose Gayya (Jordi Alba, 77), Pedri, Buskets (Ernandes, 101), Koke (Ruis, 77), Morata, Sarabiya (Olmo, 71), Torres (Oyyarsabal, 88).
Ogohlantirişlar: Brozoviç, 73. Çaleta-Tsar, 84.
Hakamlar: Juneyt Çaqir. Bahattin Duran, Tariq Öngun (barçasi — Turkiya).
VAR: Dankert. Gittelmann, Dingert (barçasi — Germaniya), Gil (Polşa).
28 iyun. Kopenhagen. «Parken» stadioni. 22771 tomoşabin.
Yakşanba kuni Yevropa çempionati doirasidagi öyinlarda Portugaliya va Niderlandiya turnirni tark etgaç, navbat ispanlarga kelgandek edi. Joriy turnirda romantiklar pragmatiklar qarşisida ojiz qolişmoqda, hozirgi «Qizil furiya» esa tarkibi hali yoşligi tufayli ham, izçil öyin uslubini şakllantirgan jamoalardan farq qilmoqda. Slovakaiyaga qarşi 5:0, albatta, katta yutuq edi, ammo baribir kamçiliklar borligi ma'lum edi. Dastlabki turlardagi mazmunsiz öyin, Morataning gol ura olmayotgani va asosiy forvardning ijtimoiy tarmoqlarda tahdidga uçrayotgani tajribali raqibga qarşi pley-off öyini arafasida jamoaga u qadar işonç bildirilmasligiga sabab edi.
Hatto Luis Enrike politsiyani vaziyatga aralaşib, öz şogirdiga bölayotgan tahdidlarni jiddiy qabul qilişga çaqirdi. Ispaniyalik mutaxassis Moratani faqat sözlar bilan emas, amalda ham qöllab-quvvatladi va uni boşlanğiç tarkibda tuşirdi, tarkibda yana ikki yangi ijroçi paydo böldi — Gayya va Ferran Torres. Bundan körinib turardiki, ispanlar qanotlarda tezroq harakat qilib, xorvatlar himoyasini yorib ötişni niyat qilişgandi.
Öz navbatida, «şaşkaçilar»ning ham öz muammolari bor edi. Birinçidan, Lovren diskvalifikatsiyaga uçragani tufayli himoya markazida dastlabki turdan keyin öynamagan Çaleta-Tsar tuşirildi. Ikkinçidan, yana bir muhim futbolçi Perişiçning koronavirusga topşirgan testi natijasi musbat çiqdi, u Rebiçdan farqli ravişda nafaqat hujumda faol, balki himoyalanişda ham yaxşi harakat qilardi. Xorvatiya öyin boşidan köp vaqtini himoyada ötkazişiga töğri keldi. Avvaliga bolqonlar maydonning ikkinçi qismiga faqat qisqa va aniq uzatmalar orqali ötişdi, töp yöqotilişi bilan darhol töp harakati böyiça ortga qaytib, 4-2-3-1 sxemasi böyiça joylaşişdi.
















