Radioteleskop Ğarbiy Avstraliyada qurilmoqda.

«Biz bu lahzalarni 30 yil kutgandik. Insoniyat sayyoradagi eng yirik ilmiy obekt qurilişini boşlab, oldinga ulkan qadam taşladi. Biz koinotning köplab sirlarini bilişimizga yordam beradigan ikkita eng katta va murakkab radioteleskopni quramiz», deb ma'lum qilgan SKA observatoriyasi boş direktori Filip Daymond.

Uning ta'kidlaşiça, ötgan hafta SKA qurilişida iştirok etayotgan 7ta davlat – Avstraliya, Xitoy, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, JAR va Britaniya radioteleskop quriş rejasini rasman ma'qulladi va uning qurilişi hamda ekspluatatsiyasi uçun 2 mlrd yevrodan köproq mablağ ajratişga rozi böldi.

Radioteleskopni 2028 yilgaça qurib bitkaziş rejalaştirilgan. Olimlar observatoriya bir neça yillardan keyin ilk ma'lumotlarni olişni boşlaşiga umid qilişmoqda. Ular observatoriya kamida 50 yil işlaşini kutişyapti.

SKA teleskopi bir kvadrat kilometr maydonga ega ulkan virtual antennaga birlaşadigan 3 mingta alohida antennadan iborat böladi. Bunday teleskopni quriş ğoyasi 1990-yillar boşida paydo bölgan.

Olimlar SKA evaziga koinotdagi birinçi yulduzlarni körişga, öta massiv qora tuynuklar atrofi suratlarini olişga hamda qora materiya tabiatini, noma'lum tabiatga ega kuçli va qisqa koinot radiosignallari nima paydo qilişini bilişga umid qilişmoqda.

Dastlab uşbu teleskopni öz hududida joylaştiriş uçun JAR, Yangi Zelandiya va Avstraliya kuraş olib borgan. Biroq oxir natijada loyiha ikki qismga bölingan: JARda MeerKAT va Avstraliyada SKA-Low teleskopini qurişga qaror qilingan. MeerKAT qurilişi 2 yil avval yakunlangan, biroq SKA-Low qurilişi loyihadan Yangi Zelandiya çiqişi va boşqa muammolar sababli bir neça marta keyinga qoldirilgan.