Kundalik hayotimizda maşina oliş istagida yurgan, ammo yetarliça mablağga ega bölmagan odamlarni köp uçratiş mumkin. Bunday holatlarda ular keyinçalik sotib oliş şarti bilan avtotransport vositasini ijaraga oliş kabi usullardan foydalanişga harakat qiladi. Unutmaslik kerakki, istalgan şartnomani tuzişdan oldin, uning nozik jihatlariga e'tibor qaratiş lozim. Şartnoma tuzayotganda nimalarga e'tibor qaratiş kerak? Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi fuqarolarni ogoh bölişga çaqirmoqda.

Keyinçalik sotib oliş şarti bilan avtotransport vositasini ijaraga oliş

Bu jarayon ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Dastlab bönak (avans) tölov amalga oşirilgani töğrisida şartnoma tuziladi, söngra keyinçalik sotib oliş şarti bilan ijara şartnomasi imzolanadi. Şuni ham hisobga oliş lozim, agar ijaraga olinayotgan avtomaşina markasi topilmasa, fuqaro xizmat körsatayotgan korxona tomonidan taqdim etiladigan uçta variantdan birini tanlaşga majbur. Agar fuqaroga taklif qilingan variantlar yoqmasa, u pulni qaytarib olişga, faqatgina 40-60 iş kuni ötganidan söng (korxonaning siz xohlagan avtomaşinani qidirişga yana 120 kun, jami 180 kungaça) haqli hisoblanadi.

Şuningdek, yana bir narsaga jiddiy e'tiborda böliş kerak: agar dastlab şartnomada taklif qilingan transport vositasi taqdim etilmasa, ijaraga beruvçi heç qanday majburiyatlarni öz zimmasiga olmaydi. Ya'ni korxona sizning mablağingizni deyarli 6 oy davomida saqlab turgani, vaqtingizni olgani, xizmat körsatmagani uçun heç qanday moliyaviy yoki boşqa yöqotişlarga duç kelmaydi.

Avans tölov şartnomasi va sotib oliş şarti bilan ijara şartnomasi korxona tomonidan 5 daqiqa içida notarial tasdiqlanmasdan va boşqa hujjatlar talab qilinmasdan tuziladi.

Bundan taşqari, siz ijaraga maşina olsangiz, uning rasmiy egasiga aylanmaysiz va egalik huquqi sizga tegişli bölmaydi, ustiga ustak korxonadan har oyda transport vositasini boşqariş uçun işonçnoma rasmiylaştirilişi lozim.

Agar moliyaviy ahvolingiz yomonlaşişi oqibatida tölov qobiliyatini yöqotsangiz va şartnoma şartlarini bajara olmasangiz, transport vositasi olib qöyiladi va fuqaroga tölagan mablaği qaytarilmaydi.

Şartnoma tuzişda nimalarga e'tibor beriş kerak?