«Ma'lumki, bu yil mamlakatimizda maktablar, örta maxsus va oliy ta'lim muassasalarini qariyb 560 ming nafar yoşlar tamomlab, mustaqil hayotga qadam qöyadi. 

Şu bois, yoşlarning bandligini ta'minlaş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri bölib qoladi.

Bunda, quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratamiz. 

Birinçidan, har öquv yili yakuni bilan tuman, şahar, viloyat va respublika darajasida bitiruvçilar bandligini ta'minlaşga oid dasturlar qabul qiliş amaliyoti yölga qöyiladi.

Dasturda, har bir mahalla, tuman, şahar va viloyat kesimida qança yoşlarni kasb-hunarga öqitiş, qançasini iş bilan ta'minlaş, neçta startap va tadbirkorlik loyihalarini amalga oşiriş belgilanişi şart. 

Bu bizning yoşlar bilan yangiça işlaş böyiça “bandlik”, “innovatsiya” va “investitsiya” dasturimiz bölib xizmat qiladi. 

Viloyat, tuman va şahar hokimlari hamda sektorlar rahbarlari har haftada bir marta yoşlar bilan uçraşib, ularning ğoya, taklif va taşabbuslarini eşitib, muammolarini hal qilişga mas'ul va javobgar böladilar.

Ikkinçidan, bugungi kunda oliy ma'lumot talab qiladigan 80 mingga yaqin böş iş örinlari mavjud. Misol uçun, transport, geologiya, qişloq xöjaligi, madaniyat, sport sohalarida bilim va malakasi yetarli böla turib, oliy ma'lumoti yöqligi uçun, minglab yoşlarimiz işga kira olmayapti. 

Şu bois, joriy yilda oliy ma'lumot talab etadigan kasb va lavozimlar qayta körib çiqiladi hamda ularning kamida 150tasi böyiça bunday talab bekor qilinadi. Bunday yengillik tufayli, 10 mingdan ortiq yoşlar işga joylaşadi. 

Uçinçidan, maktablarning 10-11-sinf öquvçilarini mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb va hunarlarga öqitiş tizimi yölga qöyiladi.

Bu borada, Andijon viloyatida jami 41 ming maktab bitiruvçilarining 25 ming nafarini kasb-hunarga örgatiş orqali, bandligini ta'minlaş böyiça tajriba, barça hududlarda keng qöllanilişi kerak.

Bundan buyon, maktab bitiruvçisiga attestat berişda mehnat bozorida talab yuqori bölgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallaş majburiy qoida böladi. 

Bu tizim davlat-xususiy şeriklik asosida nodavlat ta'lim taşkilotlari bilan birga yölga qöyiladi.