«Ğaniobod» MFY, Islom mahallasida istiqomat qilib kelayotgan tadbirkor Öktamjon Qahhorov uzoq yillardan supurgi yetiştiriş bilan şuğullanib keladi. Uning hikoya qilişiça, supurgi jöxorisi asosan, buğdoydan böşagan yerlarda takroriy ekin sifatida östiriladi. Şu kunlarda oilaviy tadbirkorning qöli-qöliga tegmaydi — iş qizğin.

«Tumanimizning aksariyat qişloği ahli supurgi parvarişi bilan maşğul. Bu kasb bilan 20 yildan buyon şuğullanib kelyapmiz. Supurgi ekilgaç, 2-3 oyda pişib yetiladi. Daladan yiğiştirib olib kelingnidan söng şu yerda supurgi tozalanib, sidirilib boğlanadi. Keyin esa uni Rossiya va Qozoğistonga eksport qilamiz» — deydi Öktamjon Qahhorov.

Har yili 50 gektar maydonga supurgi jöxorisini ekib kelayotgan oila bir yilda 300 ming – 400 ming dona supurgi çetga eksport qilmoqda.

«Örtaça hisobda yillik daromadimiz 50-60 million sömni taşkil qiladi. Tayyor holatga kelgan supurgilar hozirgi kunda holatiga qarab 5 ming sömdan 10 ming sömgaça sotilmoqda», — deydi tadbirkor.

Supurgi tayyorlaş jarayonini kuzatdik. Ayni paytda 15–20 nafar işçilar supurgi boğlaş bilan maşğul ekan.

«Kuz va qiş faslida 60–70 nafargaça işçi işlaydi. Doimiy xodimlarimiz hozirda Rossiya va Qozoğistonda işlaşyapti.Ular keç kuzda qaytib kelişib, yana öz iş joylarida — oilaviy korxonamizda supurgi boğlaşadi», — deydi O‘.Qahhorov.

Bu kasb bilan ota-bobolari ham şuğullanişganini aytgan tadbirkor, oilaviy tadbirkorlikning bu turi avlodlarga ham meros qolişini ta'kidlab ötdi.

«Supurgi biznesi juda daromadli. Supurgini bozorda sotsak, poyasini qoramolga beramiz, donini qöyga beramiz. Qalin poyalarini esa tandirda yoqib, non pişiramiz. Supurgidan aslo ziyon qilmaysiz», — deydi tadbirkor Öktamjon Qahhorov.