Prezidentning “Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
U bilan Özbekiston hukumati va Vengriya hukumati örtasida mintaqalararo hamkorlik töğrisidagi bitim tasdiqlandi. U Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning 2021 yil 30 martda Toşkent şahriga rasmiy taşrifi doirasida imzolangan.
Bitim savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, turizm va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohalarida, şuningdek özaro manfaatli boşqa yönalişlarda özaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikni kengaytiriş va rivojlantirişga kömaklaşadi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi uning amalga oşirilişi uçun mas'ul bölgan vakolatli organ etib belgilandi.
TIVga Özbekiston tomonidan mazkur xalqaro şartnomaning kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içki tartib-taomillari bajarilganligi töğrisida tegişli bildirişnomani Vengriya tomoniga yuboriş topşirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 28.06.2021 yildan kuçga kirdi.












