Komendantlik soati butunlay bekor qilindi
Covid-19 epidemiyasiga qarşi kuraş doirasida keçqurun 22:00 dan 05:00 gaça qöllanilgan komendantlik soati keça oxirgi marta amalda böldi.
Içki işlar vazirligi tomonidan e'lon qilingan yangi normallaşiş jarayoni bilan boğliq körsatmalarga köra, barça korxonalar litsenziyada qayd etilgan vaqtga muvofiq holda oçiq qoladi, komendantlik soati esa butunlay bekor qilinadi.
Qayd etiş joiz, 21 iyun kuni prezident Rajab Toyyib Erdöğan boşçiligida bölib ötgan Vazirlar Mahkamasining yiğilişida holatlar sonining kamaygani va emlaş dasturi tezlaşgani sababli iyuldan söng normallaşuv jarayoniga ötişga qaror qilingandi.
Şaharlararo sayohatlarga taqiq bormi?
Bekor qilingan yana bir çeklov şaharlararo sayohatlar bilan boğliq.
Komendantlik soati amalda bölgan vaqt va kunlarda şaxsiy transportlarda faqat maxsus ruxsat bilan amalga oşirilayotgan şaharlararo sayohatlarga ham erkinlik berildi.
Körsatmada qayd etilişiça, «2021 yil 1 iyul, payşanba kuni soat 05:00 dan e'tiboran, iş kuni yoki dam oliş kuni bölişidan qat'i nazar, komendantlik soati va şaharlararo sayohat çeklovlari bekor qilinadi va uşbu sanadan e'tiboran komendantlik soati va şaharlararo sayohat çeklovlari qöllanilmaydi».
Jamoat transporti qay tartibda işlaydi?
Bekor qilingan yana bir çeklov jamoat transporti bilan boğliq. Bugun, ertalab soat 05:00 dan e'tiboran, şahar va şaharlararo jamoat transporti vositalarida yölovçilarga qöyilgan çeklov ham bekor qilindi.
Bundan taşqari, 65 yoşdan oşgan va 18 yoşga tölmagan şaxslarning jamoat transportidan foydalanişiga qöyilgan taqiqlar ham bekor qilindi.
Qayerlar oçiq böladi?
Içki işlar vazirligi çilim sotuvçilardan taşqari, öz faoliyatini töxtatib turgan barça korxonalar 1 iyuldan boşlab öz faoliyatini qayta boşlaşi mumkinligini bildirdi.
Körsatmaga muvofiq:
- kinoteatrlar faoliyat yuritadi;
- ovqatlaniş joylarining yopiq yoki oçiq qismlarida bir vaqtning özida bir stolda ötiradiganlar soniga çeklovlar qöyilmaydi;














