Nusrat Rahmat Samarqand tumanining Qöşmaçit mahallasida tuğilgan. U “Zarafşon”, “Qişloq haqiqati”, “Özbekiston adabiyoti va san'ati” gazetalari, “Mehnat” naşriyotida samarali işlagan, köplab yoşlarga ustozlik qilgan.
Adibning “Agar tabiatni sevsangiz” nomli kitobi 1975 yilda naşr etilgan. Şuningdek, “Çanqovuz”, “Olis-olis söqmoqlar”, “Daşt”, “Zamondoş öylari”, “Seleksiya möjizasi”, “Söqmoqlar va saboqlar”, “Farzandga ögitlar” singari hikoya va oçerklardan iborat kitoblari bosilgan. “Taqdimot” nomli şe'rlar, “Fojia” deb nomlangan hikoyalar töplami naşr etilgan. Ayniqsa, uning “Men muxbirman”, “Men redaksiyadanman”, “Eng aşaddiy kallakesar“, “Asqad Muxtor dedilar” kabi töplamlari öquvçilarning sevimli asariga aylanib ulgurgan. “Jadid” nomli romani esa yetakçi jadidlardan biri Mahmudxöja Behbudiy haqida yozilgan bölib, millat ziyolisini öquvçilar köz öngida yana bir daraja kötarib, uning siymosini yorqinroq taniştirdi, deyiş mumkin.
Nusrat Rahmat 2004 yilda “Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist” unvoniga sazovor bölgan, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi.
Nusrat Rahmat bugun ham ijod maydonida faol, zamon talablarini çuqur his etgan holda internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda yangi asarlari bilan qatnaşib kelayotganini e'tirof etmoq kerak.
Ta'bir joiz bölsa, Nusrat Rahmat blogerlikni boşlaganiga ön yildan oşdi. Internetda öz blogini oçib, bu borada yana yoşlarga ibrat böla oldi. Jamiyatning eng qaynoq voqeliklariga tezkorlik bilan munosabat bildirib kelmoqda.

3 iyul, Nusrat Rahmat tuğilgan kunda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham uning xonadonida böldi. Şuningdek, adibga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyidning tabrik xati va esdalik sovğasi topşirildi.












