O‘zbekiston hududida ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyatining cheklanishi ortidan 2 iyuldan boshlab o‘zbekistonliklar Twitter, TikTok, Skype va Vkontakte platformalariga kirishda muammolarga duch kelmoqda.

Ushbu muammolarni chetlab o‘tish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan turli VPN ilovalar orqali foydalanish holatlari ko‘paymoqda.

Shu bilan birga, bu ilovalar orqali ijtimoiy tarmoqlarga kirayotgan foydalanuvchilarda bu harakat uchun javobgarlik mavjudmi, degan xavotir ham bor.

2018 yil 22 oktyabrdagi qonun bilan, telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik uchun jinoiy (JK 278-7-moddasi) va ma'muriy (MJtK 155-2-moddasi) javobgarlik belgilangan.

Ushbu moddalarga ko‘ra:

  • o‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish va xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish jinoiy javobgarlikka;
  • telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bu moddalarda keltirilgan huquqbuzarliklar aynan nimalarda namoyon bo‘lishini bir o‘qishda tushunib olish imkonsiz.

Bu nimani anglatadi? Bu internet foydalanuvchisining VPN ilovasidan foydalangani javobgarlikni nazarda tutadimi?

Ushbu qonun qabul qilinishidan oldin uning loyihasi e'lon qilinganida ham jamoatchilikda shu kabi savollar tug‘ilgandi. O‘shanda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bu xavotirlarga javoban yuqoridagi moddalar VPN ilovalardan foydalanganlik uchun javobgarlikni nazarda tutmasligini bildirgan.

Jumladan, vazirlik Jinoyat kodeksidagi modda