Toşkent viloyati Parkent tumanida joylaşgan Çotqol qöriqxonasida anomal issiq tufayli yonğin sodir böldi, deya xabar bermoqda Davlat ekologiya qömitasi matbuot xizmati.

Özbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tarkibidagi Çotqol davlat biosfera qöriqxonasining dengiz sathidan 1500–1700 metr balandlikdagi Teraklisoy hududida anomal ob-havo ta'sirida yonğin çiqqan. Bu haqda şu atrofda xizmat ötayotgan qöriqxona inspektorlari 2021 yil 5 iyul kuni özlaridagi mavjud aloqa vositalari orqali xabar bergan.

Ta'kidlanişiça, yonğin hududi kengayib ketişining oldini oliş va uni butunlay öçiriş, yuriş va harakatlaniş qiyin bölgan toğning yuqori qismida öt çiqişining sabablarini aniqlaş maqsadida şu kunning özida Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Ekologiya qömitasi tomonidan qöşma tadbir ötkazilgan.

«Qariyb bir gektarni egallagan yonğinda asosan, qurigan öt-ölanlar yongan, köp yillik daraxtlarga zarar yetişining oldi olingan. 2021 yilning 6 iyul holatiga yonğin töliq öçirilib, qöşma tadbirda qatnaşganlar orasida jarohatlaniş qayd etilmadi», – deyiladi xabarda.