Bir paytning özida Afğonistonning bir neça hududida qaqşatqiç janglar ketmoqda. Hukumat kuçlari ham, toliblar ham katta yöqotişlar bermoqda. Ammo afğon armiyasi qurğoqçilik, iqtisodiy muammolar va koronavirus pandemiyasi tufayli ta'minot böyiça jiddiy muammolarga duç kelgan. Aksinça, toliblarning moliyaviy oqimi barqarorligiça qolmoqda. Natijada ular köplab aholi punktlarini umuman jangsiz egallaşmoqda - psixologik operatsiyalar samarali bölmoqda.

«AQŞ va NATO kuçlarining zudlik bilan olib ketilişi afğon xavfsizlik kuçlarini ruhiy jihatdan sindirdi. Toliblar birdaniga bir neça frontdan hujumga ötgani bois hukumat kuçlari mamlakatning qator tumanlarida, ayniqsa amerikalik harbiylarning havodan qöllab-quvvatlovi töxtagan pallada, öz pozitsiyalarini himoya qiliş uçun imkoniyat va resurslar yetişiga işonç bildirmayapti.

«Tolibon» esa öziga xos taktika qöllamoqda - qurolni topşirişga tayyor bölgan barça hukumat harbiylariga umumiy amnistiya e'lon qilgan. Ayrim holatlarda toliblar askarlarga öz uylariga yetib olişi uçun pul ham bermoqda», deya qayd etadi BBC radiosi Afğon xizmati muharriri, professor Dovud A'zamiy.

Öz navbatida, toliblarning qömondonlarida öz kuçiga bölgan işonç ortib bormoqda.

«Toliblar hukumat kuçlari jangçilari bilan muzokaralarga kirişmoqda va ularga demoqda: «Sizlarda uç haftadan buyon yeyişga ovqat yöq, sizlarda öq-dori yetişmayapti, heç kim sizlarni qutqarişga kelmaydi, jarohatlanganlar va halok bölganlarni heç kim olib ketmaydi. Biz esa sizlarni qöyib yuborişga tayyormiz, faqat qurollarni topşirsangiz bölgani», deya hikoya qiladi BBC’ga Afğoniston armiyasi maxsus otryadi bilan reydda bölgan Times jurnalisti Entoni Loyd.

Gap Afğoniston armiyasining yirik harbiy bazalari haqida borganda esa, «Tolibon» hatto askarlarga öz şaxsiy qurollarini olgan holda ketişni taklif etmoqda. Natijada askarlar çekinmoqda, bazalardagi önlab texnikalar, jumladan amerikaliklar tomonidan afğon armiyasiga berilgan zamonaviy zirhli avtomobillar toliblar qöliga tuşmoqda. Şuningdek, jangarilar minomyotlar, ulkan miqdordagi öq-dori va boşqa oğir qurollarni ölja qilib olişmoqda.

Afğon armiyasi toliblar qarşisida yolğiz qolmoqda

BMT ma'lumotlariga köra, may oyi boşidan buyon Afğonistonning 60dan ortiq tumani toliblar nazoratiga ötdi (mamlakatdagi tumanlar soni 370 atrofida, endi şundan 90dan ortiği toliblar qölida). Şu bilan birga, mutaxassislarning qayd etişiça, «Tolibon» asosan mamlakatning muhim şaharlari yaqinidagi strategik pozitsiyalarni egallab, hududiy ustunlikka ega bölmoqda.