Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV pnevmoniya holatlarining alohida statistikasini yurita boshladi, so‘nggi bir kunda 700ga yaqin bemor aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 496 kishida koronavirus, 172 kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2021 yil 5 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113568 (+496) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 19 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 23 nafari Andijon viloyatida,
- 25 nafari Buxoro viloyatida,
- 45 nafari Jizzax viloyatida,
- 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Navoiy viloyatida,
- 24 nafari Namangan viloyatida,
- 49 nafari Samarqand viloyatida,
- 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 21 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 27 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 21 nafari Xorazm viloyatida,
- 54 nafari Toshkent viloyatida,
- 148 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 172 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 39 nafar,
- Andijon viloyatida 39 nafar,
- Buxoro viloyatida 15 nafar,
- Jizzax viloyatida 20 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
- Navoiy viloyatida 13 nafar,
- Namangan viloyatida 10 nafar,
- Samarqand viloyatida 56 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 39 nafar,
- Toshkent viloyatida 47 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109349 (+281) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 754 nafarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
20:35 / 01.04.2025
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi
22:53 / 03.01.2025
Yevrokomissiya rahbarida pnevmoniyaning og‘ir shakli aniqlandi
16:38 / 03.12.2023