Denov şahridagi Şarof Raşidov va Namozgoh mahallasi hududida va tuman markazining boşqa hududlarida köp yillik daraxtlar kesib taşlangan. Suratlarda kesilgan daraxtlarning ayrimlari kimlardir tomonidan sotuvga ham qöyilgani aks etgan.

Kun.uz Denovda daraxtlarning ommaviy kesilişi yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmatidan izoh söradi. Hokimlik axborot xizmati barça mas'ullar tuman hokimligida ötkazilayotgan selektorda ekanini, selektordan keyin aniq ma'lumot olib berişini ma'lum qildi.

Denovda daraxtlar ommaviy kesilişi böyiça Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi munosabat bildirdi. Unda holat boşqarma tomonidan nazoratga olingani va keyinroq qöşimça ma'lumot berilişi yozilgan.

Ma'lumot uçun, 2020 yil 9 aprelida prezidentning «2020-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş töğrisida» PQ-4667-sonli qarori qabul qilingan. Kun.uz manbasi xabar qilişiça, Denov tumanida şu qaror ijrosi doirasida rekonstruksiya işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2019 yilning 1 noyabridan daraxtlar kesilişiga moratoriy joriy etilgandi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan «2030 yilgaça bölgan davrda Özbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qiliş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi farmonda aytilgan.

«Vazirlik va idoralar, şuningdek, xöjalik boşqaruvi va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari obektlarni quriş va qurişni loyihalaştiriş uçun yer maydonlarini tanlaş va ajratiş bosqiçida, şuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv ta'minoti, kanalizatsiya, temir yöl hamda avtomobil yöllari va boşqalar) barpo etişda, şu jumladan, daraxtlar va butalarni köçirib ötkaziş amaliyotini qöllaş orqali ularning saqlab qolinişini qat'iy ta'minlaydi», deyilgan farmonda.

Respublikada davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilişiga joriy etilgan moratoriyning amal qiliş muddati 2021 yil 31 dekabrgaça uzaytirilgan