Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistondagi Rossiya harbiylari raketa zarbalari berish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi
Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlarida ikkita Mi-24 va ikkita Mi-8MTV5-1 vertolyoti, yuzga yaqin harbiylar qatnashgan.
Foto: Press-slujba TsVO
Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasiga qarashli jangovar va transport vertolyotlari Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashishi fonida raketa zarbalari berish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Xabar qilinishicha, 201-harbiy bazaning Mi-24 zarba beruvchi vertolyotlari hamda Mi-8MTV5-1 harbiy-transport vertolyotlari shartli dushmanga raketa zarbalari bergan.
Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlarida ikkita Mi-24 va ikkita Mi-8MTV5-1 vertolyoti, yuzga yaqin harbiylar qatnashgan.
"Aviatsiya zarbasi natijasida avtomobillar kolonnasi, qurol-yarog‘ omborlari singari 15dan ortiq yerusti nishonlari yo‘q qilindi", - deyiladi markaziy harbiy okrug xabarida.
Rossiya zarurat tug‘ilganida Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegarada xavfsizlikni ta'minlash uchun qo‘shimcha yordam berishga tayyor, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko.
"Hammasi Afg‘oniston shimolidagi vaziyat qanday rivojlanishiga bog‘liq. U yerda vaziyat ancha keskin, ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikiston bilan chegaraning 70 foizga yaqin qismi "Tolibon" tomonidan nazorat qilinmoqda", - dedi u.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda toliblar mamlakatdagi 370ta tumanning 110tasini nazorat qilmoqda. Afg‘oniston hukumati kuchlari toliblar hujumi natijasida Tojikiston hududiga chekinmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
18:48 / 10.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
15:06 / 10.02.2026
Ishinger: Epshteyn ishida Rossiya izi bo‘lsa, hayron bo‘lmayman
14:58 / 10.02.2026