Prezident Shavkat Mirziyoyevning ayrim vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qarori imzolandi.

Qarorga asosan, quyidagilarning vazir o‘rinbosari maqomi bekor qilindi:

  • Madaniy meros departamenti boshlig‘i Kamola Akilova;
  • Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim Tulyaganov;
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev.

Akmal Mirzayev transport vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, davlat qo‘mitalarida ham o‘zgarishlar bo‘ldi:

  • Shamsiddin Alimov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Nuritdin Muratov va Nodir Muxitdinov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi;
  • Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Maxmudjon Ziyadullayev Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Olim Hakimov O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Abdushukur Hamzayev O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – O‘rmon xo‘jaligi ilmiy izlanish instituti direktori lavozimidan ozod etildi;
  • Baxtiyor Atamuradov «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;
  • Fazliddin Umarov DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan DSQ raisining birinchi o‘rinbosari – DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Bu o‘zgarishlar prezidentning 2021 yil 3 apreldagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.