Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga köra, 8 iyulda Özbekistonning şimoliy hududlariga, 9–10 iyul kunlari Respublikaning barça hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida şakllangan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.

7 iyulda Qoraqalpoğistonda, 8–10 iyul kunlari Respublikaning barça hududlarida ba'zi joylarda şamol tezligi 15–20 metr/sekundgaça kuçayişi kutilmoqda. Ba'zi joylarda esa çangli böron bilan 25–30 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.

Şu munosabat bilan FVV fuqarolardan kuçli şamol kuzatilganda köçada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boşqa turli mustahkam bölmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qöyişni söradi. «Özingiz va mulkingizni baxsiz hodisalardan asrang», deyiladi vazirlik xabarida.