Dekabr oyining ilk kunlarida respublikaning ayrim viloyat va tumanlarida çang böroni va çang-ğuborlar kötarilişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

1-2 dekabr kunlari Özbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelişi kutilmoqda.

“Şu kunlari havo haroratining keskin kötarilişi fonida respublika böylab şamol 17-22 m/s.gaça kuçayişi mumkin. Ayrim viloyat va tumanlarda çangli böron va çang-ğuborlari kötarilişi kuzatilişi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Noyabr oyining dastlabki kunlari respublikaning ayrim viloyatlarida va Toşkentda şunday holat kuzatilgan edi. 4 noyabr keçasida Toşkent havosida çang miqdori belgilangan miqdordagidan 30 barobargaça ortganligi aytildi. Bunday hodisa 150 yil mobaynida ilk marotaba yuz bergandi.

Yuz bergan çang böroni oqibatida Toşkent şahrining qator hududlarida içimlik suv ta'minoti bilan boğliq uzilişlar röy berdi.

Soğliqni saqlaş vazirligi aholini ogohlantirdi va bir kunda 700dan ortiq bemorlardan nafas oliş bilan boğliq murojaatlar bölganini aytdi.