Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasida daraxtlar tegişli ruxsatnoma olinmasdan kesib taşlangan. Bu haqda Qaşqadaryo viloyat ekologiya boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasida daraxtlar kesilayotgani holati Qaşqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xodimlari tomonidan örganilgan.

Örganiş davomida aniqlanişiça, joriy yil 24 iyun kuni Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasi tomonidan tibbiyot birlaşmasi hududida qurigan va yuridik şaxslarning mol-mulkiga va fuqarolarning hayotiga xavf solayotgan 20 tup terak va 1 tup çinor daraxtlarini kesiş uçun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza yöllangan. Ariza 32840742-raqam bilan elektron tarzda röyxatga olingan.

Qayd etilişiça, 2021 yil 25 iyun kuni Şahrisabz şahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan mazkur ariza joyiga borib örganilgan. Örganiş davomida, har xil diametrdagi 10 tup terak daraxti tabiiy omillar yoki ösimliklar zararkunandalari va turli xil kasalliklar ta'sirida zararlanib, qurib qolgani, qolgan daraxtlar soğlom holatda ekani ma'lum bölgan.

2021 yil 28 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qarori 29-bandiga muvofiq viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining №227-raqamli bilan qurigan 10 tup terakni sanitar maqsadda kesişga ruxsat berilgan. Qolgan soğlom teraklar hamda çinorni kesişga rad etiş haqida xulosa berilgan.

Vazirlar Mahkamasining «Tabiatdan foydalaniş sohasida davlat xizmatlari körsatişning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida»gi 2018 yil 31 martdagi 255-son qarori talabiga asosan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş organlarining ijobiy xulosasi olingandan keyin daraxt va butalarni kesiş, şu jumladan, sanitariya maqsadida kesiş uçun tuman (şahar) xokimliklari ruxsatnoma rasmiylaştirişi belgilangan.

Örganiş davomida Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasi sanitar maqsadda kesişga ijobiy xulosa berilgan 10 tup terakni şahar hokimligi ruxsatnomasini olmasdan kesib taşlagani aniqlangan.