UzAuto Motors kompaniyasi xorijdan import qilinadigan “Trailblazer” yöltanlamasiga 12 foizgaça çegirma e'lon qildi.

Avtomobilning çegirmasiz narxi – 398 mln söm. 31 iyulgaça davom etadigan aksiyada krossover 349 mln sömgaça arzonlaştirildi (farq – 49 mln söm).

Kun.uz kompaniya matbuot xizmatidan olgan ma'lumotga köra, “Trailblazer” köp sotilmay qolayotgani uçun şunday aksiya e'lon qilingan.

“Köpinça, bunday çegirmalar omborlarda köp miqdorda sotilmay qolgan avtomaşinalar uçun beriladi. Ötgan yili “Malibu” va “Tracker” avtomaşinasi uçun aksiya e'lon qilingan. Bunday aksiyalar avval ham bölgan», – dedi UzAuto Motors mas'uli.

Kun.uz suhbatlaşgan Toşkentdagi avtosalonlar menejyerlariga köra, belgilangan çegirmalar avtomaşinaning qaçon işlab çiqarilgani va rangiga qarab amal qiladi.

2021 yilda işlab çiqarilgan “Trailblazer”larga (rangiga qarab) 1–3 foizgaça çegirma belgilangan bölsa, 2020 yilda işlab çiqarilganlariga (rangiga qarab) 7–12 foizgaça aksiya miqdorlari belgilangan.

Şunda “Trailblazer” (Blue me away rangida, 2020 yil)ning narxi eng kamida 349 million sömni taşkil etadi. Aksiya bilan eng yuqori narx qora rangli, 2021 yilda işlab çiqarilgan “Trailblazer”ga töğri keladi (394 million söm).

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining ayrimlari bu çegirmalar ma'lum toifa amaldorlarga “Trailblazer”li bölib qoliş imkonini berganiga e'tibor qaratdi.

Qonunçilikka köra, vazirlar va davlat qömitalari rahbarlarining örinbosarlari hamda viloyatlar hokimlarining örinbosarlariga biriktiriladigan avtomaşinalar narxi 1500 BHMdan oşmasligi kerak. Ayni paytda bu summa 367 million sömni taşkil qiladi.

UzAuto Motors ötgan yili “Malibu” va “Tracker” uçun 5 va 10 foizlik çegirmalar e'lon qilgan; şuningdek, “Spark”, “Nexia”, “Lacetti” va “Cobalt” avtomaşinalarini xarid qilib, yuz foiz tölovni oldindan ötkazgan xaridorlarga 3 milliondan 10 million sömgaça keşbek qaytarilişini xabar qilgan.