«Babariko 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U 2020 yil 18 iyundan beri yagona sabab – 2020 yilgi prezident saylovlarida nomzod bölişga öz siyosiy huquqini amalga oşirmoqçi bölgani uçun panjara ortida uşlab turilibdi. Uşbu hukm Belarus sudlari tomonidan siyosiylaştirilgan işlar böyiça çiqarilgan kamida 125ta adolatsiz qarordan biridir», deb aytgan Yevropa Ittifoqining taşqi işlar xizmati spikeri Peter Stano.
U Belarusda 530dan köproq siyosiy mahkum borligini eslatib ötgan.
«Yevropa Ittifoqi janob Babariko va barça siyosiy mahkumlar, hibsga olingan jurnalistlar va asosiy huquqlarini amalga oşiriş uçun ozodlikdan mahrum etilgan barça odamlarning darhol va sözsiz ozod qilinişini talab qiladi. Tuzum repressiyalar va adolatsizlikni bas qilişi va aybdorlarni javobgarlikka tortişi lozim», deb qöşimça qilgan Yevropa Ittifoqi vakili.
Avvalroq Belarus oliy sudi «Belgazprombank»ning sobiq rahbari, Belarus prezidenti lavozimiga sobiq nomzod Viktor Babarikoni 14 yilga ozodlikdan mahrum etdi. U 2020 yil avgustda Belarusda ötgan prezident saylovlarida Aleksandr Lukaşenkoga asosiy raqib hisoblangan, biroq hibsga olinib, saylovlarda iştirok etişga qöyilmagan.
Sud versiyasiga köra, Babariko va «Belgazprombank»ning boşqa boşqaruvçilari bir qator tijoriy tuzilmalar manfaati yölida harakat qilib, buning uçun 2004 yildan 2020 yilgaça ularning vakillaridan pul mablağlari olib kelgan. Babarikoga soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş, moliyaviy firibgarliklar hamda pora beriş ayblovlari qöyilgan. U öziga qöyilgan ayblovlarni tan olmagan va öziga qarşi olib borilgan işni siyosiylaştirilgan deb atagan.









