Meva şarbati – soğlom ovqatlanişning asoslaridan biri. Ammo soğlom turmuş tarzi tarafdorlari orasida qadoqlangan şarbatlarning foydasi va tabiiyligi haqida köpinça bahs-munozaralar böladi. DENA öz mahsulotining töliq işlab çiqariş jarayonini namoyiş etiş hamda blogerlarning barça savollariga haqqoniy javob beriş orqali şarbat haqidagi yangliş fikrlarni bartaraf qilişga qaror qildi.
Blogerlarga zavod böylab keng ekskursiya ötkazilib, ularga yetilib pişgan mevalarning daraxtlardan uzib olişdan to, DENA şarbatini dasturxonga yetkazişga qadar bölgan barça texnologik jarayon zanjiri haqida gapirib berildi.
Korxona hududiga mehmonlar bilan bir vaqtda olça savatlari ortilgan yuk maşinalari kirib keldi. Mazkur mevalar mazali va boy ta'mli olça şarbatining boş ingrediyentiga aylanadi. Bu yil olça hosildorligi ikki baravarga pasayib, narxlar esa deyarli 80% ga oşib ketgan. Şunga qaramay, kompaniya öz standartlariga sodiq qolib, arzonroq yeçimlarga ötmasdan, olça va boşqa mevalarni sotib olişni davom ettirmoqda.
Ekskursiya olça yuviş maşinasiga tuşirilayotgan sexning darvozalaridan boşlandi.

Olçalar zavodga keltirilganda, ular yaxşilab yuviladi, saralanadi va tozalanadi. Söngra, mevalar ularni şarbatga aylantiruvçi jarayonga ötkaziladi. Keyin, mevalarning barça foydali xususiyatlarini saqlab qoluvçi quyiltirilgan pyure oliş uçun şarbat tarkibidagi suvning katta qismi buğlantiriladi. Bunday şakldagi konsentratlangan pyureni özgarişlarsiz ikki yilgaça saqlaş mumkin. Bu zaxiralar meva mavsumidan keyin ham şarbat işlab çiqariş imkonini beradi.
Blogerlarga şarbat işlab çiqariş uçun mevalarning aksariyat qismi mahalliy dehqon-fermerlardan sotib olinişi, tropik mevalar esa şu mevalar serob bölgan boşqa mamlakatlardan quyiltirilgan şarbat yoki pyure şaklida import qilib olib kelinişi haqida sözlab berildi.
Pyureni qaytadan şarbatga aylantiriş uçun, avvalroq buğlantirib yuborilgan suyuqlik miqdorini tarkibga qaytariş va şakar qöşiş kerak. Uşbu jarayonni texnolog behi misolida yaqqol körsatib berdi. Avval, blogerlar quyuq konsentratlangan pyureni tatib körişdi. Söngra mutaxassis ularning köz öngida pyure nisbatini hisoblab, şarbatni tiklab körsatdi. Hosil bölgan rohatbaxş şarbat barçaga tarqatildi.














