Ğolib buni avvaliga «yaxşi hazil» deb atadi. Öyin boşlovçisi ham unga qandaydir «arzimas qöşimça» beriş bilan kifoyalandi.

Ötgan yil mamlakatimiz tarixida eng aksiyalarga boy yil böldi desak, mubolağa bölmasa kerak. Deyarli barça sohadagi kompaniyalar savdo hajmini oşiriş va iste'molçi e'tiborini jalb qiliş uçun ayovsiz raqobatga kirişib ketişgandek musobaqalaşdi göyo. «Dena» savdo belgisini işlab çiqaruvçi «Marwin Brands» kompaniyasi ham bu karvondan quruq qolmay, aqlli soat, smartfon, Dubayga sayohat kabi sovrinlar bilan maydonga çiqdi. Boş sovrin deb Malibu avtomobili e'lon qilingani esa, avval boşidanoq ba'zilarda şubha uyğotgani ham rost. Şunga qaramay, telegramda taşkil qilingan oxirgi öyinda 135 mingdan ziyod iştirokçi çiptalari Malibuga da'vogarlik qildi.

Nihoyat, orziqib kutilgan daqiqalar kelib, Random.org sayti yordamida avtomobil öynaladigan öyinda 10 ta ğolib raqam tanlab olindi. Bundan murod, agar ğolib deb topilgan çipta raqami egasi şarbat qutisini saqlab qöymagan yoki öyinning boşqa qoidalarini buzganligi aniqlansa, sovrin qoidalarga töliq rioya qilgan iştirokçi topilguniça navbat böyiça zaxiradagi çiptalarga ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Ammo bunga hojat qolmadi: Doniyor Azizov göşakni kötardi va işonib-işonmay qutini saqlab qöyganini tasdiqladi. Keyinçalik suhbatda, Doniyor döstlari yoki radio şou boşlovçilari hazillaşişyapti deb öylaganini tan oldi. Ma'lum bölişiça, ğolib bittagina Dena sotib olib, öyinda qatnaşgan va hatto Malibu qaçon öynalişi haqida ma'lumotga ega ham bölmagan. Yagona şaftoli ta'mli Dena qutisini esa, Orlando rusumli avtomobili örindiği ostida har ehtimolga qarşi saqlab yurgan. «Men uçun Malibu katta yutuq. Lekin, omadim borligi menga undan ham katta quvonç bağişlayapti» degan edi u suhbatlaridan birida.

Doniyor ğolib bölganiga işonç hosil qilgaç, yaqinlari va döstlariga bu xabarni aytadi. Lekin Doniyor ne umidlar bilan topşiriş marosimiga kelganda Dena xodimlari «öyin içida öyin» qilişgani uni hayratga soladi. Bayramona bezatilgan zavod hovlisiga kirib kelarkan, u hayajon borligini oçiq tan oladi. Boşlovçi balandparvoz gaplardan keyin unga stol ostidan oddiygina öyinçoq Malibuni uzatadi. Ğolib buni avvaliga «yaxşi hazil»ga yöyadi. Ammo öyin boşlovçisi Ahrorbek Qöşmatov ham uning yoniga qandaydir «arzimas qöşimça» beriş bilan kifoyalandi va marosimni yopiq deb e'lon qildi. Topşiriş marosimidagi «öyin» tafsilotlarini quyidagi rasmiy videoda ham körişingiz mumkin.