2021 yil 1 iyul holatiga, Özbekiston oltin-valuta zaxiralari 34,1 milliard dollarni taşkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi.
Taqqoslaş uçun, 1 iyun holatida respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 35,5 milliard dollarni taşkil qilgan.
Zaxiralarning keskin kamayişiga jahon bozorida oltin narxi pasayişi asosiy sabab bölganini taxmin qiliş mumkin.
Çunki ötgan bir oy davomida oltin hajmi 11,3 million troya unsiyadan 11,5 troya unsiyaga (taxminan 6,2 tonna) köpaygan bölsa-da, uning qiymati 21,4 milliard dollardan 20,2 milliard dollarga kamaygan.
Oltin-valuta zaxiralarini hisoblaş metodikasi Xalqaro valuta jamğarmasi standartlari asosida yuritiladi. Özbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma şakldagi monetar oltindan iborat.
Şuningdek, xorijiy valuta aktivlari ham ötgan davr mobaynida 142 million dollarga pasaygan.
Respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 iyul holatida oltin 20,2 mlrd dollarni, xorij valuta aktivlari esa 13,5 mlrd dollarni taşkil etmoqda.
Ma'lumot uçun, joriy yilning 31 may holati böyiça 1 unsiya oltinning narxi 1904,2 dollarni taşkil etgan bölsa, bu körsatkiç 30 iyun holatiga köra, 1778,2 dollargaça pasaygan.








