3 soat 24 daqiqa davom etgan uçraşuv 6:7 (4:7), 6:4, 6:4 6:3 hisobida yakunlandi.

Ayni vaqtda Jokoviç professional tennisçilar reytingida 1-örinni, Berrettini esa 9-örinni egallamoqda.

 Yana bir e'tiborli jihati, serbiyalik tennisçi “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqalarda yigirmançi ğalabasini qölga kiritdi va bu körsatkiç böyiça rekordçilar şveysariyalik Rojyer Federer va ispaniyalik Rafael Nadal bilan tenglaşib oldi.

 Uimbldondagi çempionlik unvonlari soni böyiça esa Federer peşqadamlik qilmoqda. Uning hisobida 8ta çempionlik unvoni bor.

Musobaqaning bir kun avval ayollar örtasida ötgan final uçraşuvida avstraliyalik Eşli Barti çexiyalik raqibi Karolina Plişkovani mağlub etib, musobaqa ğolibiga aylandi. Bu ğalaba Barti uçun Uimbldondagi birinçi ğalaba böldi.