Qozoğistonda epidemiologik vaziyat yomonlaşayotgani sababli koronavirus tarqalişi yuqori darajada bölgan “qizil” hududlarda karantinni kuçaytirişga qaror qilindi.
Hozirda poytaxt Nur-Sulton, Almati, Çimkent şaharlari, Oqmola, Oqtöbe, Atirau, Ğarbiy Qozoğiston, Qarağanda, Qöstanay, Manğistau va Pavlodar oblastlari “qizil” hududlarga kiritilgan.
Bu hududlarda şaharlararo, oblast içidagi, şaharlardagi muntazam va nomuntazam (turistik) avtobus va mikroavtobus qatnovini amalga oşiriş taqiqlanadi, yopiq plyajlar va akvaparklar faoliyati töxtatiladi.
Şuningdek, dam oliş va bayram kunlari jamoat transporti, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, fitnes-markazlar, sport-soğlomlaştiriş obektlari, suv havzalari, kinoteatrlar, teatrlar, konsert zallari, kompyuter klublari, bilyardxonalar, karaokelar faoliyati taqiqlanadi. Bundan taşqari, uşbu kunlar oçiq bozorlar, yarmarkalar, sport obektlari, ta'lim markazlari, bolalar va kattalar uçun tögaraklar, fudkortlar ham işlamaydi.
Iş kunlari esa “qizil” hududlarda fitnes-markazlar, sport-soğlomlaştiriş obektlari, suv havzalarining faoliyatini soat 20gaça; savdo uylari, savdo tarmoqlari, umumiy ovqatlaniş obektlari faoliyatini esa soat 18gaça çeklaşga qaror qilingan.
Şuningdek, davlat idoralari va oblastlar rahbarlariga tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş hamda aholini koronavirusga qarşi emlaş qamrovini kengaytiriş vazifasi topşirilgan.













