Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahrida yaşovçi S. Şoxöjayevaning uyi tortib olingani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi axborot xizmati mazkur holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahrida yaşovçi fuqaro D.S. 1998 yilda turmuş örtoği Z.H.ning roziligini olmasdan, şartnomaga asosan, Samarqand şahar, Labiğor köçasi, 1-yölak 1-sonli uy-joyni S.Şoxöjayevaga sotgan. Sobiq Siyob tuman sudining 1999 yilgi qarori bilan uşbu şartnoma haqiqiy emas, deb topilib, Z.H. va 3 nafar farzandlari nizoli uyga kiritilgan.

Fuqaro S.Şoxöjayeva sudning yuqoridagi qaroriga şikoyat qiliş muddati ötganligi sababli viloyat prokuraturasi tomonidan Fuqarolik protsessual kodeksining 405-1-moddasi 1 va 2-bandlaridan kelib çiqqan holda, unga iltimosnoma bilan Oliy sudning fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'atiga murojaat qilişi lozimligi tuşuntirilgan. Bu haqda 2021 yil 28 may kuni batafsil javob xati yuborilgan.