Holbuki, ma'lum bir hududdan köp qavatli uy quriş uçun öşa hududda yaşovçi fuqarolar bilan kelişuvga erişilişi kerak. Harholda, qonun ustuvor bölgan jamiyatda xususiy mulk daxlsizligi ham ta'minlanişi darkor.

Fuqaro Xolmurodov bir neça yildan beri quriliş maydoni içida qolib ketgan uyda yaşaydi. Uyi batamom avariya holatiga kelib qolgan. Ana şu körinib turgan holatni Samarqand şahridagi biror-bir mutasaddi körmayotgani qiziq.

Fuqaroning najot sörab turli idoralarga yozgan xatlariyu olgan javoblarini töplab yoqsa — qişning sovuq kunida bitta uyni isitişga yetadi.

Bu hududda köp qavatli uy qurilişini boşlagan taşkilot «Jahon kafolat stil» XK hisoblanadi. Samarqand şahar hokimligi 2017 yilda uşbu korxonaga quriliş uçun ruxsat bergan. Mazkur qaror quriliş korxonasiga Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 26 maydagi 97-sonli qarorida belgilangan tartibda şu hududda yaşovçi fuqarolarni köçiriş şarti bilan berilgan. Ammo fuqarolarning hammasi ham köçirilmay turib quriliş işlari boşlab yuborilgan. Oqibatda Farid Xolmurodov deyarli uysiz ahvolda qolgan.

Avvaliga quriliş ketayotgan hududdagi uyida oilasi bilan yaşaşga majbur bölgan. Keyin esa oilasini Payariq tumaniga köçirib yuborib, yaşaş uçun xavfli bölgan mana şu uyda yolğiz özi qolgan. Hozirgi vaqtda bu uyga kirişga qörqib ham qolgan.

Aslida, fuqaroning dardini tinglaydigan, muammolarini hal qiladigan taşkilotlar bor. F.Xolmurodov dastlab ana şu taşkilotlarning deyarli barçasiga murojaat qilib çiqqan. Birgina Samarqand şahar hokimligiga 6-7 martalab murojaat qilgan. Muammo esa uç yil oldin qanday bölgan bölsa, hozir ham xuddi şundayligiça qolmoqda.

Fuqaroning eng sönggi murojaatiga asosan, şu yil 11 sentabr kuni viloyat Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi vakillari holatni joyida örgangan, dalolatnoma tuzişgan. Ular tuzgan dalolatnomada quyidagi sözlar yozilgan:

«Fuqaro Xolmurodov Farid bundan oldin ham bir neça marta murojaat qilgan bölib, şu vaqtgaça quruvçi hamda fuqaro örtasida uy-joyni oldi-sotdi şartnomasi kelişilmaganligi ma'lum böldi...».