«Tolibon» harakati Turkiya harbiylarining Afğonistonda bölişiga keskin qarşi çiqdi.
«Turkiya rahbarlarining Qöşma Ştatlar iltimosi va qaroriga muvofiq mamlakatimizga qarşi tajovuzni davom ettirişini e'lon qilişi bizda nafrat va duşmanlik uyğotadi hamda ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazadi», — deyiladi harakat bayonotida.
Toliblar rahbarlarining ta'kidlaşiça, «Afğonistonda mamlakat nomidan qat'i nazar, xorij kuçlarining bölişi tajovuz hisoblanadi va ularga nisbatan Afğonistonning bir yarim ming nafar ulamosi bergan fatvo asosida munosabatda bölinadi».
Qayd etilişiça, «Turkiya hukumatining qarori yengiltaklik bilan qöyilgan qadam hisoblanadi va millat suvereniteti, diniy xavfsizlik va milliy manfaatlarga ziddir».
«Bunday qaror turk va afğon xalqlari orasida muammo va qiyinçiliklar keltirib çiqarişi sababli biz Turkiya hukumatini har ikki mamlakatga zarar yetmasligi uçun bu qarordan voz keçişga çaqiramiz», — deyiladi bayonotda.
«Tolibon»ning ta'kidlaşiça, uning siyosati «barça mamlakatlar bilan özaro hamkorlik asosida eng yaxşi va ijobiy munosabatlarga intilişdan iborat».
«Biz heç kimning işiga aralaşmaymiz va boşqalarga ham bizning işimizga aralaşişga yöl qöymaymiz», — deya ta'kidlanadi bayonotda.
Toliblar Turkiya hukumati öz qaroridan qaytmaydigan bölsa, Anqara buning «oqibati uçun javobgar» bölişini bildirgan.
May oyi oxirlarida AQŞ va Turkiya prezidentlari Jo Bayden va Rajab Toyyib Erdöğan NATOning Afğonistondagi missiyasi yakunlanganidan söng turk harbiylari Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlaşi böyiça kelişuvga erişgandi.
Iyun örtalarida Erdöğan Turkiya AQŞning moliyaviy kömagida Afğonistondagi harbiy kontingentini saqlab qolişga tayyorligini bildirdi.














